Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » Pogba haqiqiy yulduz bo‘lishi uchun nima qilishi kerak?

Pogba haqiqiy yulduz bo‘lishi uchun nima qilishi kerak?

Автор: admin

“Manchester Yunayted” tarkibida Pol Pogba bilan birga to‘p surgan Ander Errera frantsiyalik futbolchi haqida fikr bildirdi.
Futbolchi sifatida Pogbada hamma narsa bor. U himoyani yorib o‘tadi, to‘pni olib qo‘yadi, havodagi kurashda ustun, himoyalanish va hujum qilishni biladi, gol uradi. Shunday paytlar bo‘ladiki, u hamma narsani bir o‘zi hal qiladi. Ba’zan hech narsani uddalay olmaydi. Bu darajadagi qimmat futbolchi doim zo‘r o‘ynashi kerak. Agar u barqarorlikka erishsa, “Real” va boshqa grand klublar uni olish uchun borini beradi. Barqarorlik masalasi Kilian Mbappe va Neymarga ham tegishli, - dedi PSJ sharafini himoya qilayotgan Ander Errera.
Pol Pogbaning “Manchester Yunayted” bilan shartnomasi yana bir yil davom etadi. Futbolchiga “Yuventus”, “Real” va PSJ qiziqqan bo‘lsa-da, unga hech qanday rasmiy taklif bo‘lmadi. Manchesterliklar yarim himoyachi bilan shartnomani uzaytirishga harakat qilmoqda.
121   
Добавить комментарий
Ваше имя: *