Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » «MYU» «Ayaks» futbolchisi uchun «Real» bilan kurashga qo‘shildi

«MYU» «Ayaks» futbolchisi uchun «Real» bilan kurashga qo‘shildi

Автор: admin

«Manchester Yunayted» klubi «Ayaks» yarimhimoyachisi Donni van de Bekni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. 

The Sunday Times’ning xabar berishicha, «MYU» 23 yoshli yarimhimoyachi uchun «Real» bilan kurashga qo‘shilgan. Yil boshida «Real» niderlandiyalik futbolchi uchun 49 million funt taklif etgani va klublar kelishuvga yaqinligi haqida xabar berilgandi. Ammo pandemiya sababli muzokaralar yakunlanmay qolgan. 
Daily Mail’ning yozishicha, «Real» hozirda ham van de Bek uchun da’vogarlik qilmoqda, ammo moliyaviy holat sababli 49 million funtni bo‘lib berish shartini qo‘ymoqchi. «MYU» vitse-prezidenti Ed Vudvord esa «Ayaks»ga futbolchi uchun 36 million funtli transfer taklifini jo‘natgan. «MYU» sobiq futbolchisi Edvin van der Sarning «Ayaks» sport direktori ekanligi bu boradagi kurashda Angliya klubi imkoniyatini oshirishi mumkin.
Ma’lumot uchun, van de Bek joriy mavsumda Niderlandiya chempionatida «Ayaks» safidagi 23 o‘yinda 8ta gol va 6ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.


120   
Добавить комментарий
Ваше имя: *