Goal24.uz » Chempionlar ligasi » Dani Alves 2015 yilgi YeCHL finalida o‘ynagan «Barsa»ni Muhammad Aliga qiyosladi

Dani Alves 2015 yilgi YeCHL finalida o‘ynagan «Barsa»ni Muhammad Aliga qiyosladi

Автор: admin


«Barselona»ning sobiq himoyachisi Dani Alves «Yuventus» (3:1) bilan o‘tgan 2015 yilgi Chempionlar Ligasi finalini eslab, Kataloniya klubi o‘yinini boks qiroli Muhammad Ali uslubi bilan taqqosladi.
«Ko‘p vaqt o‘tganiga qaramay, finaldagi deyarli hamma narsani eslayman. Odamlar bizni boshqa treblga erisha olmaydi deb o‘ylashdi va raqiblarimizni qo‘llab-quvvatlashdi. «Barsa»ning finaldagi siri – jamoaning tayyorgarligi. 
Atmosfera va qo‘llab-quvvatlash fantastik edi, biz diqqat markazida edik. «Barsa»da eng yoqadigan narsa: finalga chiqqaningizda eng yomoni ortda qolganini bilasiz va zavqlanish vaqti keladi. Zavqlanganingizda raqibning imkoniyatlari haqida o‘ylashni to‘xtatasiz. 
Bizga jismonan kuchli raqib qarshilik qildi. G‘alaba qozonish uchun to‘pni nazorat qilishimiz kerakligini bilardik. Raqibingiz qanchalik kuchliligi muxim emas. Agar ular to‘pning ortidan yugurishsa, albatta, charchashadi. Biz Muhammad Ali kabi edik: kapalaklar singari chayqalib, asalari kabi chaqardik. O‘ylaymanki, finalda munosib o‘ynadik. Futbolchilar juda ko‘p bayram qilishdi, chunki biz yana trebl qayd etgandik», – deb Alvesning so‘zlarini keltiradi klub rasmiy sayti.
Ma’lumot uchun, braziliyalik himoyachi «Barselona»da 2008 yildan 2016 yilgacha o‘ynagan va jamoa bilan 24ta sovrinni yutib olgan.


Теги: Dani Alves
47     
Добавить комментарий
Ваше имя: *
Ваш e-mail: *