Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » “Barsa” muxlislariga xushxabar

“Barsa” muxlislariga xushxabar

Автор: admin

“Barselona” etakchisi Lionel Messining jarohati haqidagi ma’lumotlar bu jamoa muxlislarini xavotirga solayotgan edi.
Jamoa bosh murabbiyi Kike Seten masalaga oydinlik kiritib, “Malorka”ga qarshi o‘yinda Messi maydonga tushishini bildirdi.
Messining mushaklarida arzimas spazm kuzatildi va u darhol nazoratga olindi. Hozir hammasi joyida. Muammo yo‘q. Vaziyatga qarab, uni o‘yinga tushiramiz. O‘yinlar ko‘p, tarkibimiz esa u qadar katta emas, - dedi Seten.
Messi joriy mavsumda 22 ta uchrashuvda 19 ta gol urgan va 12 ta golli pas uzatgan.
115   
Добавить комментарий
Ваше имя: *