Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » Messi «Malorka»ga qarshi o‘ynaydimi? Seten javob berdi

Messi «Malorka»ga qarshi o‘ynaydimi? Seten javob berdi

Автор: admin

«Barselona» bosh murabbiyi Kike Seten jamoa sardori Lionel Messining «Malorka»ga qarshi bahsda ishtirok etish-etmasligi haqida gapirdi.
«Messida mushaklarning qisqarishi bilan bog‘liq muammo bor, lekin hammasi nazorat ostida. Lionel yaxshi, unda muammolar bo‘lmaydi. U maydonga tusha oladi.
Oldinda juda ko‘p o‘yinlar bor va bizda katta tarkib yo‘q. Messining doim maydonda bo‘lishini afzal ko‘raman», – deb Setenning so‘zlarini keltiradi Mundo Deportivo.
Avvalroq argentinalik hujumchi son mushaklaridan jarohat olgani va yakka tartibda mashg‘ulot o‘tkazayotgani aytilgandi. U bir necha kundan keyin umumiy guruhdagi mashg‘ulotlarga qaytishi kerak.
«Barselona» Ispaniya La Ligasi doirasida 13 iyun kuni «Malorka» bilan bahs yuritadi.


117   
Добавить комментарий
Ваше имя: *