Goal24.uz » O'zbekiston » O‘zPFL «Buxoro» PFK rahbariyatining almashinuvi bo‘yicha surishtiruv boshladi

O‘zPFL «Buxoro» PFK rahbariyatining almashinuvi bo‘yicha surishtiruv boshladi

Автор: admin

5 iyun kuni Superliga ishtirokchisi bo‘lgan «Buxoro» futbol klubida navbatdan tashqari yig‘ilish o‘tkazilgan hamda amaldagi direktor Jamshid Botirov ishdan olingan, deya yozmoqda PFL rasmiy sayti.
«Buxoro shahar hokimligi hamda viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasidan vakillari ishtirok etgan yig‘ilishda Alisher Rustamov «Buxoro» futbol klubining yangi direktori sifatida tanishtirilgan. Hisob bo‘yicha bu Alisher Rustamovning uchinchi bor klubga direktor bo‘lib kelishidir.
Musobaqalarni o‘tkazish reglamentining 6.15 bandiga ko‘ra, biror klub rahbariyatida o‘zgarish yuz bersa, bu haqda O‘zPFL uch kun ichida yozma ravishda xabardor qilinishi lozim. Karantin davridan keyin qaytayotgan futbol mavsumi arafasida O‘zPFL vaziyatdan kelib chiqib bir qator masalalarni qayta ko‘rib chiqishga, ayrimlarini o‘zgartirishga majbur. Mana shunday vaqtda «Buxoro» futbol klubi rahbariyatidagi noaniqliklar O‘zPFL ishini qiyinlashtiradi. Sababi, tashkilot na rasman ogohlantirildi va na yangi direktor tayinlovi rasman protokollashtirildi. O‘zPFL uch kundan buyon yig‘ilish protokolini qo‘lga kirita olmadi. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 4 dekabrdagi “O‘zbekistonda futbolni rivojlantirishni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5887-son Farmoniga muvofiq 13 ta professional futbol klublarning ustav fondidagi xo‘jalik jamiyatlari va hokimiyatlarning ulushlari Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga o‘tkazilgandan so‘ng Davlat mulkini sotishda tender savdolarini o‘tkazish bo‘yicha davlat komissiyasining qaroriga asosan sotilishi belgilangan. Mazkur vazifa ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zPFL hamda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi hamkorlikda ushbu 13 ta futbol klubi faoliyatini atroflicha o‘rganib chiqilyapti. Ular orasida «Buxoro» futbol klubi ham bor bo‘lib, ayni vaqtda uning aktivlari agentlikka o‘tkazilayotgani sir emas. Ayni vaqtda «Buxoro» futbol klubining Buxoro shahar hokimligiga tegishli bo‘lgan 20 foizlik ulushni, Buxoro neftni qayta ishlash zavodiga tegishli bo‘lgan 80 foizlik ulushni agentlikka o‘tkazish ishlari olib borilyapti. 
«Buxoro PFK» MCHJ Ustavining 15.2-bandiga muvofiq futbol klubi direktori Ta’sischilarning Umumiy yig‘ilishi tomonidan tayinlanishi va lavozimidan ozod qilinishi belgilangan. 
Mana endi savol tug‘iladi. «Buxoro» futbol klubining yangi direktori qaysi asosga ko‘ra lavozimiga tayinlandi? Lavozimga tayinlash jarayonidan Buxoro neftni qayta ishlash zavodi xabardor etildimi yoki ishtiroki ta’minlandimi?
Direktorni tayinlashni rasmiylashtirish bilan bog‘liq tegishli xujjatlar O‘zPFLga o‘z vaqtida taqdim etilmagani  «Buxoro» futbol klubining yangi direktori qaysi asosga ko‘ra lavozimga tayinlanganini aniqlashtirish zaruriyatini vujudga keltirmoqda», - deyiladi PFL bayonotida.
Ma’lumot uchun, «Buxoro» klubi chempionatning dastlabki uch turida «Qo‘qon-1912» (0:3), «Paxtakor» (0:3), «Lokomotiv» (0:3) jamoalariga mag‘lubiyatga uchrab, hozirda turnir jadvalida so‘nggi o‘ringa tushib qolgan.


265   
Добавить комментарий
Ваше имя: *