Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » «Shalke» «Barselona» futbolchisini ijaraga oladi

«Shalke» «Barselona» futbolchisini ijaraga oladi

Автор: admin

«Barselona» himoyachisi Jan-Kler Todibo faoliyatini Germaniyada davom ettirishi mumkin, deb xabar beradi Bild.
Manbaning xabariga ko‘ra, «Shalke» 20 yoshli fransuz futbolchisini mavsum so‘ngigacha ijaraga olish borasida kelishuvga erishdi. Eslatib o‘tamiz, Todiboning xizmatlariga «Milan» ham qiziqqan edi, ammo italyan klubi «Barselona» bilan kelisha olmadi.
Todibo «Barselona»ga 2019 yilda «Tuluza»dan o‘tgan. Himoyachi bu mavsumda La Ligada 2ta o‘yinda, Chempionlar Ligasida esa 1ta o‘yinda maydonga tushdi.
«Shalke» Bundesligada 17-turdan so‘ng 30 ochko bilan 5-o‘rinda bormoqda.


106   
Добавить комментарий
Ваше имя: *