Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » «Barselona» yarimhimoyachisi Fati uchun 100 mln yevro taklif qilgan klub ma’lum bo‘ldi

«Barselona» yarimhimoyachisi Fati uchun 100 mln yevro taklif qilgan klub ma’lum bo‘ldi

Автор: admin

«Barselona» yarimhimoyachi Anssumane Fati transferi bo‘yicha 100 mln yevro miqdorida taklif oldi, deb yozgan edi Sport.es. Biroq, xabarda klub nomi oshkor qilinmadi.
le10sport xabariga ko‘ra, «Manchester Yunayted» klubi 17 yoshli iqtidor uchun shuncha miqdorda pul taklif qilgan.
Biroq, kataloniyaliklar prezidenti Jozep Bartomeu 17 yoshli futbolchini qo‘yib yuborishni istamadi. Bartomeu o‘z qarori haqida rahbariyat bilan o‘tkazilgan videokonferensiyada shunday dedi: «Fati sotilmaydi. Bu muhokama qilinmaydi».
Bu mavsumda yosh futbolchi «Barselona» tarkibida barcha musobaqalarda 16ta o‘yinda maydonga tushib, 4ta gol urgan.


106   
Добавить комментарий
Ваше имя: *