Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Fransiya » Neymar: «Ibrahimovich bilan bir jamoada o‘ynashni istardim»

Neymar: «Ibrahimovich bilan bir jamoada o‘ynashni istardim»

Автор: admin

«Pari Sen-Jermen» hujumchisi Neymar parijliklarning sobiq forvardi Zlatan Ibrahimovich bilan bir jamoada to‘p surishni xohlashini ma’lum qildi. Bu haqda Sport Mediaset xabar bermoqda.
«Ibrahimovich bilan bir jamoada to‘p surishni istardim», - deya Neymarning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda Sport Mediaset. Braziliyalik futbolchi shuningdek, imkoni bo‘lganida Romario va Zineddin Zidan kabi afsonaviy futbolchilar bilan bir jamoada to‘p surishni istashini aytdi.
Ma’lumot uchun, Neymar 2017 yilning yozidan buyon «Pari Sen-Jermen» sharafini himoya qilib kelmoqda. Uning «Barselona»dan 222 million yevro evaziga «PSJ»ga o‘tishi, futbol tarixidagi eng qimmat transfer sanaladi. 27 yoshli hujumchi parijliklar safida 70 o‘yinda maydonga tushib, 60ta golga mualliflik qilgan.
Eslatib o‘tamiz, Ibrahimovich «Pari Sen-Jermen» tarkibida 2012 yildan 2016 yilga qadar to‘p surgan. Shvetsiyalik to‘purar hisobiga 180 o‘yinda 156ta gol yozib qo‘yilgan.


156   
Добавить комментарий
Ваше имя: *