Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Italiya » A Seriya pley-off o‘tkazish ehtimolini rasman tasdiqladi

A Seriya pley-off o‘tkazish ehtimolini rasman tasdiqladi

Автор: admin

Italiya chempionatining yakuniy qismi pley-off tarzida o‘tkazilishi mumkin.
Gazzetta dello Sport xabariga ko‘ra, Italiya Futbol Federatsiyasi chempion, sovrindorlar va quyi ligaga tushib ketadigan klublarni aniqlash maqsadida pley-off o‘yinlarini o‘tkazilishini rasman tasdiqladi. Agar mavsum koronavirus pandemiyasi tufayli yana bir marotaba to‘xtatilsa, chempionatning yakuniy qismi pley-off tarzida o‘tkaziladi.
Agar pley-off o‘yinlarini o‘tkazishning imkoni bo‘lmasa, chempion, sovrindorlar va quyi ligaga yo‘l oladigan klublar o‘rtacha ochkolar miqdorini hisobga oluvchi maxsus algoritm yordamida aniqlanadi. 
Hozircha A Seriya o‘yinlari 20 iyundan davom ettirilishi rejalashtirilmoqda.


124   
Добавить комментарий
Ваше имя: *