Goal24.uz » Yevropa jamoalari » “Yuventus” va PSJ o‘zaro futbolchi almashishi mumkin

“Yuventus” va PSJ o‘zaro futbolchi almashishi mumkin

Автор: admin

“Yuventus” va PSJ klublari o‘zaro futbolchi almashishi mumkin, deya xabar bermoqda Tuttosport.
Ta’kidlanishicha, Parij klubi yarim himoyachisi Marko Verratti turinliklar safiga qo‘shilishi mumkin. Buning evaziga “Yuventus” bosniyalik Miralem Pyanichni taklif qilmoqchi.
Ta’kidlash joizki, “Yuventus” ancha vaqtdan beri Verrattining o‘yinini kuzatib keladi. Marko PSJga o‘tishidan oldin ham, “keksa sinyora” italiyalik futbolchini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi bo‘lgan.
Avvalroq “Real” ham Verrattiga da’vogarlik qilayotgani aytilgandi. Pyanich esa “Barselona”ga o‘tmoqchi ekani xabar qilingandi.
148   
Добавить комментарий
Ваше имя: *