Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » «Man Siti» Sane uchun 70 mln yevro talab qilmoqda

«Man Siti» Sane uchun 70 mln yevro talab qilmoqda

Автор: admin

«Bavariya» hamon «Manchester Siti» yarim himoyachisi Leroy Saneni qo‘lga kiritish payida bo‘lmoqda.

"Sky Germany" tarqatgan xabarga ko‘ra, o‘tgan haftada tomonlar o‘rtasida muzokara o‘tkazildi. Germaniyaliklar futbolchi uchun 40 mln yevro taklif qilishdi. «Shaharliklar» esa 24 yoshli futbolchini 70 mln yevroga sotish niyati borligini ma’lum qilishdi.

Sanening "Siti" bilan shartnomasi 2021 yilning yozida yakuniga yetadi. Myunxenliklar esa yana bir yil kutmasdan, shu yilning yozida transferni amalga oshirishmoqchi. «Bavariya» esa manchesterliklar talab qilgan pulni to‘lamoqchi emas.

Sane jiddiy jarohat tufayli joriy mavsumda birorta ham o‘yinda maydonga tushmadi.
Manba: sports.ru

104   
Добавить комментарий
Ваше имя: *