Goal24.uz » Chempionlar ligasi » YECHL finali yana Madridda o‘tkaziladimi?

YECHL finali yana Madridda o‘tkaziladimi?

Автор: admin


Yevropa chempionlar ligasining joriy yildagi finali katta ehtimol bilan Istanbulda o‘tkazilmaydi. UYEFA hozirda musobaqaning hal qiluvchi bosqichini o‘tkazish uchun joy qidirmoqda.

Madrid meri Xose Luis Martines-Almeyda mavsumning asosiy futbol uchrashuvini Ispaniya poytaxti qabul qilishga tayyor ekanini ma’lum qildi.

"Hozir Chempionlar ligasi finaliga mezbonlik qiladigan shahar qidirilayotganidan xabarim bor. Shuni ishonch bilan ayta olamanki, Madrid finalni qabul qilishga tayyor. Bizda infratuzilma va xavfsizlik uchun barcha choralar mavjud. Madrid ko‘p qiyinchiliklarni boshdan kechirganiga qaramay, sinib qolmagani — butun jahon uchun yaxshi signal bo‘lishi mumkin", - dedi Martines-Almeyda.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili YECHL final uchrashuvi "Vanda Metropolitano" stadionida o‘tkazilgan edi.
Manba: sports.ru

48     
Добавить комментарий
Ваше имя: *
Ваш e-mail: *