Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Fransiya » «Monako» italiyalik forvardga qiziqmoqda

«Monako» italiyalik forvardga qiziqmoqda

Автор: admin

«Monako» klubi yangi mavsum oldidan o‘z safiga «Torino» forvardi Andrea Belottini qo‘shib olmoqchi. Bu haqda Le 10 Sport xabar bermoqda.

«Monegask»lar transferlar oynasida Vissam Ben Yedderni kuchliroq klubga sotib, uning o‘ringa italiyalik forvardni qo‘lga kiritmoqchi. Belottiga shuningdek, «Milan», «Napoli», «Fiorentina», «Everton» va «Atletiko» klublari ham qiziqish bildirgan.
Manbaning qayd etishicha, Turin klubi o‘z forvardini 40 million yevro evaziga qo‘yib yuborishga rozi. Klub o‘tgan mavsumda forvardini 60 million yevroga sotmaganidan qattiq pushaymon bo‘lgan.


94   
Добавить комментарий
Ваше имя: *