Goal24.uz » O'zbekiston » Diyor Imomxo‘jayev nima uchun yozgi transfer muddati surilganiga izoh berdi

Diyor Imomxo‘jayev nima uchun yozgi transfer muddati surilganiga izoh berdi

Автор: admin

O‘zPFL bosh direktori vazifasini bajaruvchi Diyor Imomxo‘jayev telegramdagi sahifasida transferlar oynasi muddati o‘zgartirilganligi xususida izoh berdi.

"O‘zPFL yozgi transfer muddatini bundan 9 oy avval 6-31 iyul qilib belgilagandi. Biz uni 10-31 avgust deb o‘zgartirishga majbur bo‘ldik.

Boisi, karantin davrida 2,5 oy futbolsiz qoldik. Rejamiz bo‘yicha, 9 avgust kuni Coca Cola Superliganing birinchi davrasi o‘z yakuniga yetadi. Bu vaqtgacha Pro liga, Birinchi liga va ayollar Oliy ligasida 6 tadan tur uchrashuvlari o‘tkaziladi. Shundan kelib chiqib, transfer muddati hamma uchun bir xil bo‘ladi. Qolgan ligalar ham transfer oynasi ochilguniga qadar bir nechta tur o‘tkazib ulguradi.

2020 yilgi transfer bozorida o‘zgarishlar katta bo‘ladi va mavsumning o‘rtasida ko‘chib yuruvchi futbolchilar avvalgi yillarga qaraganda sezilarli kamayadi. O‘zPFL bu yo‘lda qadam tashlab ulgurgan".
Manba: @diyorimamkhodjaev

150   
Добавить комментарий
Ваше имя: *