Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Klubsiz yurgan eng qimmat futbolchilar!

Klubsiz yurgan eng qimmat futbolchilar!

Автор: admin

Jahon futbolida juda ko‘plab erkin agentlar bor. Bugun transfermarkt.de saytiga tayangan holda, eng qimmat bo‘lgan jamoasiz futbolchilarga to‘xtalib o‘tamiz.
Bu borada, shu yilning 2 mart kuni hamyurtimiz Jaloliddin Masharipov ko‘chib o‘tishi mumkin bo‘lgan "Trabzonspor" klubi bilan bitimi o‘z yakuniga etgan Daniel Starrij etakchi. "Liverpul" klubidagi yorqin o‘yinlari bilan muxlislar e’tiborini qozongan forvardning transfer narxi 8 mln evroni tashkil etadi. 2014-2016 yillari uning narxi 25 mln evrogacha ko‘tarilgan.

Jamoasiz futbolchilar orasida transfer narxi bo‘yicha ikkinchi o‘rinni egallab turgan Yunus Sankarening narxi 4 mln evroga teng. Senegallik yarim himoyachi butun faoliyatini Frantsiyaning o‘rtamiyona klublarida o‘tkazgan. 30 yoshli futbolchi PSJ safida ham maydonga tushishga ulgurgan. 2018 yili uning transfer qiymati 5 mlngacha ko‘tarilgan.

"Shalke", "Yuventus" va Moskvaning "Lokomotiv" klublaridagi yorqin faoliyati bilan tanilgan Benedikt Xyovedesning kuni kecha rus klubi bilan shartnomasi yakunlandi va o‘z-o‘zidan erkin agent futbolchilar orasidagi reytingimizning uchinchi pog‘onasidan joy olishiga sabab bo‘ldi. Transfer qiymati 2013 yili 18 mln evrogacha ko‘tarilgan himoyachining amaldagi narxi 3,5 mln evroni tashkil etmoqda.

Renato Ibarra. Ekvadorlik bu hujumchi o‘z yurtidagi 2 yillik faoliyatidan so‘ng, 2011-2016 yillari Gollandiyaning "Vitess" klubi sharafini himoya qilgan va 2016 yildan boshlab, joriy yilning 13 mart kuniga qadar Meksikaning "Amerika" klubida to‘p surdi. Transfer narxi 3,2 mln evro bo‘lib turgan 29 yoshli futbolchi forvard bo‘lishiga qaramay, terma jamoa safida 46 ta uchrashuvda maydonga tushib, bor-yo‘g‘i 1 marotaba raqib darvozasini ishg‘ol eta olgan holos!

O‘z vaqtida Odil Ahmedov bilan birga to‘p tepgan braziliyalik yarim himoyachi Jusileyni eslay olasizmi? Braziliyaning "San-Paulu" va "Korintians", Xitoyning "Shandon Lunen", BAAning "Al Jazira" va Rossiyaning "Anji" klublarida faoliyat olib borishga ulgurgan futbolchi joriy yilning fevral oyida jamoasiz qolgan. Transfermarkt.de saytida 32 yoshli futbolchining narxi 2,4 mln evro qilib belgilangan. Rus klubidagi yorqin o‘yinlari uning qiymatini 11 mln evrogacha ko‘tarilishiga sabab bo‘la olgan.

E’tiboringizga ishsiz futbolchilarning top-5 ro‘yxatini taqdim etdik. Zarur bo‘lsa, erkin agentlar orasidan yana ko‘plab mashhur nomlarni ko‘rishingiz mumkin. Masalan, Robert Mak (Slovakiya), Vagner Lav (Braziliya), Jon Obi Mikel (Nigeriya), Andre Pinto (Portugaliya), Seydu Dumbiya (Kot-D’Ivuar), Diafra Sako (Senegal), Jefferson (Braziliya, Portugaliya), "Paxtakor"ni tark etgan Marko Simich (Chernogoriya) va boshqalar...

164   
Добавить комментарий
Ваше имя: *