Goal24.uz » Chempionlar ligasi » Chempionlar ligasi 1/8 final javob o‘yinlari yangi sanasi ma’lum qilindi

Chempionlar ligasi 1/8 final javob o‘yinlari yangi sanasi ma’lum qilindi

Автор: admin

UEFA 2019/20 yilgi Chempionlar ligasi mavsumini yakunlash bo‘yicha reja ishlab chiqdi. Taqvimning yangi sanalari 17 iyun kuni tashkilotning ijroi qo‘mitasi tomonidan tasdiqlanishi kutilmoqda, deya yozadi AS.
Manbaning qayd etishicha, YeCHL nimchorak final javob bahslari 8-9 avgust kunlari o‘tkazilishi mumkin. 12 avgust kunidan esa Lissabonda 8 ishtirokchi jamoadan iborat bitta pley-off bahsi formatidagi mini-turnir o‘tkazilishi rejalashtirilgan. O‘yinlar «Joze Alvalade» va «Eshtadiu da Lush» stadionlarida muxlislarsiz o‘tkazilishi belgilangan. 
Eslatib o‘tamiz, turnirning chorak final bosqichiga «Pari Sen-Jermen», «Atletiko», «Atalanta» va «RB Leypsig» klublari chiqib bo‘lishdi.
1/8 final bosqichning qolgan to‘rt o‘yinda esa javob bahslari o‘tkazilishi kerak: «Real» – «Manchester Siti» (birinchi o‘yin — 1:2), «Chelsi» – «Bavariya» (0:3), «Lion» – «Yuventus» (1:0), «Napoli» – «Barselona» (1:1).


216   

Комментарии
(2)

  1. 7777 14 июня 2020 20:52
    • Не нравится
    • 0
    • Нравится
    YCH Ligasi 1/8final javob o'yinlarini intizorlik bilan kutyapman Real Xudo xoxlasa chempionlar ligasi g'olibi bo'ladi:-)
    1. Пользователь offline admin 17 июня 2020 18:09
      • Не нравится
      • 0
      • Нравится
      xa hudo xohlasa
Добавить комментарий
Ваше имя: *