Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Italiya » Dibala maosh bo‘yicha Ronaldudan keyingi o‘rinda bo‘lmoqchi

Dibala maosh bo‘yicha Ronaldudan keyingi o‘rinda bo‘lmoqchi

Автор: admin

«Yuventus» hujumchisi Paulo Dibala Turin klubi rahbariyati bilan yangi shartnoma borasida muzokarani davom ettirmoqda, deya yozadi La Gazetta della Sport.
Manbaning yozishicha, hozirga kelib tomonlar shartnomaning moliyaviy shartlari masalasida kelisha olmayapti. Argentinalik 26 yoshli forvard yillik 15 million yevro maosh olishni istamoqda. Bu borada A Seriyada faqat Krishtianu Ronaldu ko‘proq maosh oladi - 31 million yevro.
Amaldagi shartnomaga ko‘ra, Dibala «Yuve»da 7,3 million yevro maosh oladi. Bu hozirda maoshlar borasida Gonsalo Iguain, Miralem Pyanich (7,5 mln), Mateys de Ligt (8 mln) va Ronaldudan keyingi ko‘rsatkich hisoblanadi.
Nashrning qayd etishicha, klub Dibalaga 12 million maosh taklif qilmoqda.


125   
Добавить комментарий
Ваше имя: *