Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Instagram’da eng ko‘p pul topgan sportchilar ma’lum qilindi. Ronaldu yetakchi

Instagram’da eng ko‘p pul topgan sportchilar ma’lum qilindi. Ronaldu yetakchi

Автор: admin

Foxsports nashrining xabar berishicha, futbolchi ijtimoiy tarmoq orqali 50,3 mln dollar ishlab topgan.
Foxsports nashrining xabar berishicha, futbolchi ijtimoiy tarmoq orqali 50,3 mln dollar ishlab topgan. Bir yil ichida Ronalduning sahifasida 43 ta reklama joylashtirgan va har bir reklama futbolchiga o‘rtacha 1,17 mln dollar daromad keltirgan. Shu tariqa, Ronalduning Instagram orqali olgan daromadi “Yuventus”dagi maoshidan ko‘proqni tashkil qilgan. Futbolchining klubdagi maoshi yiliga 33 mln dollarni tashkil qiladi.
2-o‘rinni “Barselona” hujumchisi Lionel Messi egallagan. U ijtimoiy tarmoq orqali 30,4 mln dollar ishlab topgan. 
Yetakchi uchlikni hindistonlik kriket ustasi Virat Koxli 15,7 mln dollar bilan yakunlagan. 
4- va 5-o‘rinlarni Devid Bekxem (11,6 mln dollar) va Neymar (8,1 dollar) egallagan. 
Ta’kilash joiz, Ronaldu ijtimoiy tarmoq orqali Messi, Bekxem va Neymarning umumiy daromidan ko‘proq pul ishlab topgan.
5 iyun kuni Forbes nashri Ronaldu tarixdagi ilk milliarder futbolchiga aylanganini ma’lum qilgandi. Futbolchi 17 yillik faoliyati davomida turli klublardan maosh sifatida 650 mln dollar opgan. U qolgan mablag‘ni homiylik shartnomalaridan olgan. 


126   
Добавить комментарий
Ваше имя: *