Goal24.uz » Transfer » Transfer olamidagi yangiliklar

Transfer olamidagi yangiliklar

Автор: admin

Ushbu ruknimizdagi eng so‘nggi yangliklar bilan tanishtirishda davom etamiz.
Shkrinyar ketadimi?

Milanning “Inter” jamoasi himoyachisi Milan Shkrinyar yozda APL klubi futbolchisiga aylanishi mumkin.
Bu haqida “Tuttosport” nashri ma’lum qilmoqda. Manbaning ma’lum qilishicha, himoyachi bilan “Manchester Siti” klubi qiziqib qolgan va allaqachon ilk rasmiy taklifni jo‘natgan.
Milan klubi o‘z himoyachisi uchun “shaharliklar”dan 70 million yevro talab qilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq himoyachi bilan Ispaniya grandlari ham qiziqqan, biroq ular uning transfer narxi baland bo‘lgnai bois transferdan voz kechgan edi.
Sancho kerak emas!
 
Angliyaning “Manchester Yunayted” jamoasi yozda Federiko Bernardeski bilan shartnoma tuzishga yaqin turibdi.
“DailyStar” nashrining ma’lum qilishicha, aslida ingliz klubi Jeydon Sanchoni sotib olmoqchi edi, biroq uning uchun klubda 130 million yevro yo‘q. Shu sababli, klub bor e’tiborini “Yuventus” yarim himoyachisiga qaratmoqchi.
Manbaning ma’lum qilishicha, Turin klubi o‘z futbolchisini 35 million yevro evaziga sotib yuborishga tayyor.
“Monako”ga hujumchi kerak
 
Fransiyaning “Monako” klubi yozda “Torino” hujumchisi Andrea Belotti bilan shartnoma imzolashi mumkin.
“Le10sport” nashrining ma’lum qilishicha, 26 yoshli hujumchi yozda “Monako”ni tark etishi kutilayotgan Vissam Ben-Ederning o‘rnini egallashi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, fransiyalik hujumchi uchun “La Liga”ning bir nechta klubi va APLdan takliflar mavjud. Ben-Ederning agenti ham u “Liga 1”da qolmasligini rasman ma’lum qilib ulgurdi.
Smolov qoladimi?
 
Ispaniyaning “Selta” jamoasi Fedor Smolovning kelajagi borasida yakuniy qarorga keldi.
«Championat» nashrining ma’lum qilishicha, Ispaniya klubi rossiyalik hujumchining transferini sotib olishga qaror qilgan.
Eslatib o‘tamiz, 30 yoshli futbolchi “La Liga”ning 6 ta uchrashuvida maydonga tushdi va 1 ta golni o‘z hisobiga yozib qo‘ydi.
Ronaldu ketadi!
 
“Turinning “Yuventus” jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldo yozda boshqa jamoaga ko‘chib o‘tadi.”,- deb xabar bermoqda “Radio Rossonere” nashri jurnalisti Pyetro Balsana.
Jurnalistning aytishicha, bu mavsum portugaliyalik futbolchi uchun Turindagi so‘nggisi bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, bundan bir oy muqaddam ham Krishning “Yuventus”ni tark etishi borasidagi xabarlar urchib ketgan edi.

199   
Добавить комментарий
Ваше имя: *