Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » Lionel Messi yana bir ko‘rsatkich bo‘yicha La Ligada tengsiz deb topildi

Lionel Messi yana bir ko‘rsatkich bo‘yicha La Ligada tengsiz deb topildi

Автор: admin

“Barselona” hujumchisi Lionel Messi ayni damda Ispaniya chempionatida to‘p suruvchi futbolchilar ichida zaxiradan o‘yinga qo‘shilib, eng ko‘p samarali harakat amalga oshirgan o‘yinchi deb topildi. Bu haqda AS xabar bermoqda.
Manbada aytilishicha, Messi faoliyati davomida zaxiradan tushgan uchrashuvlarida 24 bor raqiblar darvozasini ishg‘ol etgan. La Liga tarixida faqat Xulio Salinas (28 ta gol) va Oskar de Paulа (27) Messida ko‘proq gol urgan.
Ispaniya chempionatining joriy mavsumida Messi 22 ta o‘yinda maydonga tushib, 19 ta gol urdi va 12 ta golga assistentlik qildi.
Eslatib o‘tamiz, Ispaniya chempionati tiklanganidan keyingi dastlabki o‘yinda “Barselona” safarda “Malyorka”ga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv 13-iyun sanasiga belgilangan.
94   
Добавить комментарий
Ваше имя: *