Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Germaniya » "Bavariya" tarixidagi eng qimmatbaho futbolchilardan biri jamoani tark etishi mumkin

"Bavariya" tarixidagi eng qimmatbaho futbolchilardan biri jamoani tark etishi mumkin

Автор: admin

“Bavariya” klubi yarim himoyachisi Koranten Tolisso mavsum yakunlangach, jamoasini o‘zgartirishi mumkin.
RMC Sport tarqatgan xabarga ko‘ra, 25 yoshli frantsuz futbolchisiga “Manchester Yunayted” jiddiy qiziqa boshlagan. APL grandi allaqachon uning yaqinlari bilan muzokaralarni boshlab yuborgan. Myunxenliklar esa Tolissoni 35 million evro evaziga qo‘yib yuborishga tayyor.
“Bavariya” Tolissoni 2017 yil “Lion”dan 41 mln evro evaziga sotib olgan edi. Aytish lozimki, bu o‘sha paytda “Bavariya” tarixidagi eng qimmat transferga aylangan edi. Koranten joriy mavsum Bundesligada 13 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta gol hamda 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.


111   
Добавить комментарий
Ваше имя: *