Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » Giggz Ronaldu bilan yuz bergan mojaro haqida so‘zladi

Giggz Ronaldu bilan yuz bergan mojaro haqida so‘zladi

Автор: admin

"Manchester Yunayted" klubi sobiq o‘yinchisi Rayan Giggz jamoa hujumchisi Krishtianu Ronaldu bilan qay tarzda mojaroga borganini aytib o‘tdi.

Giggz portugaliyalik futbolchining nonushtaga Koka-Kola ichimligini ichayotganini ko‘rgan va unga tanbeh bergan: "Biz bu yerda bunday qilmaymiz".

Bu esa Ronalduga yoqmagan hamda navbatdagi o‘yinda "xet-trik"ni rasmiylashtirgan va Giggzga: "Nima xohlasam, shuni ichaman, Giggz", degan.

Eslatib o‘tamiz, Rayan ushbu voqeani "Utd Podcast" efiri paytida gapirib berdi.

Giggz butun faoliyatini (1990-2014) "MYU" safida o‘tkazgan bo‘lsa, Ronaldu 2003-2009 yillarda mankunianliklar sharafini himoya qilgan.


Manba: soccernews.ru

122   
Добавить комментарий
Ваше имя: *