Goal24.uz » O'zbekiston » Murtazaev Shomurodov bilan bir chempionatda o‘ynaydi

Murtazaev Shomurodov bilan bir chempionatda o‘ynaydi

Автор: admin

Qozog‘iston terma jamoasi futbolchisi Roman Murtazaev yozda Rossiya premer-ligasiga ko‘chib o‘tadi.
O‘tgan yili “Arsenal” 26 yoshli futbolchi bilan muzokara o‘tkazgan edi. Lekin transfer amalga oshmay qoldi. Endi Evroosiyo iqtisodiy ittifoqiga a’zo davlatlar, xususan qozog‘istonliklar Rossiyada legioner hisoblanmasligi Roman Murtazaevga yangi imkoniyat tug‘dirdi.
Joriy yilning boshidan “Tobol” jamoasi sharafini himoya qilayotgan futbolchi klub rahbariyati bilan Rossiya premer-ligasidan taklif bo‘lsa, yangi jamoaga o‘tib ketish bo‘yicha kelishuvga erishgan.
Murtazaevga “Arsenal”dan tashqari, “Krilya Sovetov” va “Rubin” ham taklifnoma jo‘natishga tayyor turibdi.
112   
Добавить комментарий
Ваше имя: *