Goal24.uz » Transfer » Transfer olamidagi yangiliklar

Transfer olamidagi yangiliklar

Автор: admin

“Napoli” ikkita transferni amalga oshiradi
Italiyaning “Napoli” jamoasi tez orada bir yo‘lla ikkita futbolchining transferini e’lon qilishi kutilmoqda. Unga ko‘ra, Neapolliklar “Selta” yarim himoyachisi Stanislav Labotki va “Leppsig» yarim himoyachisi Daniyel Dammeni o‘z safiga qo‘shib oladi.
Nikola Skiri bergan xabarlarga ko‘ra, “Napoli” jamoasi slovakiyalik futbolchi uchun “Selta”ga 20 million yevro badal puli to‘laydi va futbolchi bilan uch yarim yillik shartnoma imzolaydi. Shartnoma bandalargia ko‘ra, Labotkining Neapol shaxridagi yillik daromadi 1,8 millioy yevroni tashkil etadi. Shuningdek, “Napoli” nemis klubiga futbolchi uchun 13 million yevro to‘laydi. Klub bu summaning 3 millionini turli bonuslar tariqasida qo‘shib berish borasida kelishuvga erishgan. Germaniyalik futbolchi “Napoli” safida yiliga 1,7 million yevro maosh olishi ko‘zda tutilgan.
“Real Madrid” futbolchisi ijaraga berildi

Madridning “Real” himoyachisi Xesus Valyexo yana jamoa qarorgohini tark etdi va navbatdagi ijara asosida Ispaniyaning “Granada” jamoasi safiga borib qo‘shildi. Bu haqida Ispaniyaning Marca nashri xabar tarqatmoqda.
23 yoshli futbolchining bu umumiy hisobdagi 4-ijara jamoasiga aylandi. Eslatib o‘tamiz, Xesus o‘z tengdoshlari o‘rtasida o‘tkazilgan so‘nggi Yevropa chempionatining oltin medallari egasi sanaladi.
“Everton”da o‘zgarishlar
 
Liverpul shaxrining “Everton” klubi qishki transferlar chog‘ida bir nechta asosiy futbolchilarini sotuvga qo‘yishi mumkin”,- deb xabar tarqatmoqda "The sun" nashri.
Manba bergan ma’lumotlarga qaraganda, rahbariyat “Liverpul”ga boy berilgan uchrashuvdan so‘ng, Klub barcha yetakchi futbolchilarni sotib yuborishga qaror qilgan. Birinchilardan bo‘lib jamoani yanvar oyida Gulfi Sigurdson tark etishi mumkin. Italiyalik murabbiy islandiyalik futbolchi bilan xayrlashishga tayyo ekanligini ma’lum qilgan. Ayni damda yarim himoyachining transfermarket portalidagi narxi 45 million yevroni tashkil etmoqda.
Shuningdek, Jenk Tosun, Teo Uolkot, Morgan Shnayderlen va darvozabon Jordan Pikfordlar ham tez orada o‘zlariga boshqa jamoa izlashlariga to‘g‘ri keladi. Karlo Anchelotti klub rahbarlari tomonidan yangi jamoa shakillantirish uchun yetarlicha mablag‘ olsa, kelasi mavsumda “Everon” kuchli to‘rtlikdan joy olish uchun kurashga kirishishi tahmin qilinmoqda.
Sulsher Pogbaning o‘rnini berkitmoqchi
 
ESPN nashri tarqatgan xabarlarga ko‘ra, “Manchester Yunayted” jamoasi bosh murabbiyi Ole Gunnar Sulsher qishki transferlar chog‘ida “Ayaks” yarim himoyachisi Donni Van De Bekni xarid qilishni istamoqda. Murabbiyning fikricha, aynan Van De Bek jamoadagi muammoliy nuqtalardan biriga aylangan yarim himoyadagi bo‘shliqni to‘ldirishga qodir.
Ma’lumotlarga qaraganda, murabbiy, klub sport direktori Ed Vudvor bilan 22 yoshli futbolchining transferi borasida kelishib olgan. Unga ko‘ra, klub yarim himoyachining transferi uchun 50 million yevro ajratishga tayyor.
“Ayaks”ning YECHLdan chiqib ketishi bois, klub o‘z yetakchilarini jamoada ushlab qolishdan hech qanday naf ko‘rmayapti. Shu sababli, ularning transferi borasidagi barcha taklfilarni ko‘rib chiqishga tayyor ekaligini ma’lum qilgan. Gollandiyalik futbolchining o‘zi ham kuchliroq chempionatda to‘p surishga qarshi emas. Futbolchining agenti bergan xabarlarga ko‘ra, Doni ingliz tilini o‘rganishni boshlab yuborgan.
“Chelsi” London klubi futbolchisi uchun da’vogar

“Chelsi” klubu Londonning boshqa bir jamoasi “Vest Hem” futbolchis Issa Diopni o‘z safiga qo‘shib olish fikridan qaytmayapti. “Exspress” nashri bergan ma’lumotlarga qaraganda, “Aristokratlar” Diopni qo‘lga kiritish maqsadida “Vest Hem”ga 40 million yevrolik taklif bilan chiqishgan. “Bolg‘achilar” “Chelsi”iga Issa Diopni sotishga qarshi emas, biroq transfer summasi 50 million yevrodan kam bo‘lmasligini talab qilishmoqda. Hozircha “Chelsi” bu borada o‘zining yakuniy qarorini qabul qilganicha yo‘q. Futbolchining o‘zi tezroq jamoasini o‘zgaritishni istamoqda. Bu haqida uning egenti “Mirror” nashriga bergan intervyusida ma’lum qilgan.
“Inter” futbolchisi azalir raqib jamoasiga o‘tsishi mumkin

Italiyaning “Inter” klubi yarim  himoyachisi Mateo Politano qishki transfer oynasi chog‘ida o‘z jamoasini o‘zgartirishi mumkin. Bu haqida “Le Gazzeta Della Sport” nashri xabar tarqatmoqda.
Ayni damda yarim himoyachi Antonio Konte qo‘l ostidagi harakatlaridan qoniqmayapti. Boz ustiga Politano “Inter”da yetarlicha o‘yin amaliyotiga ega ham bo‘lmayapti. “ko‘k-qoralar” o‘z futbolchisini 20 million yevro evaziga qo‘yib yuborishga qarshi emas.
Ayni damda Politano bilan “Fiorentina” va “Milan” klublari jiddiy qizib qolgan. Manba bergan ma’lumotga ko‘ra, Politanoning agenti  “Milan” jamoasi vakillari bilan uchrashishga ham ulgurgan va ilk muzokaralar omadli yakun topgan.

311   

Shuningdek tavsiya qiling

27-12-2019, 07:43

Transfer olamidagi yangiliklar

22-12-2019, 09:35

Transfer olamidagi yangiliklar

18-12-2019, 21:07

Transfer olamidagi yangiliklar

Добавить комментарий
Ваше имя: *