Goal24.uz » Yevropa ligasi » Yevropa ligasining qolgan o‘yinlari qaysi shaharda o‘tkazilishi aytildi

Yevropa ligasining qolgan o‘yinlari qaysi shaharda o‘tkazilishi aytildi

Автор: admin


Yevropa ligasining joriy yilgi mavsumining chorak final, yarim final va final bahslari bitta shaharda o‘tkazilishi mumkin. Bu haqda ESPN UEFAdagi manbalariga tayanib xabar bermoqda. 
Xabarda aytilishicha, koronavirus pandemiyasi tufayli hozirgi vaziyatdan kelib chiqib, musobaqaning chorak final bosqichidan boshlab Yevropa ligasi mini turnir shaklida Germaniyaning Frankfurt shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda. Shahar bir vaqtda barcha jamoalarni mehmonxona, transport, stadion va mashg‘ulot maydonlari bilan ta’minlay olishi sababli mezbon sifatida tanlangan. Asosiy o‘yinlar «Ayntraxt» klubi uy arenasi sanalmish «Commerzbank Arena»da o‘tkazilishi mo‘ljallanmoqda. 
Eslatib o‘tamiz, turnir finali 27 may kuni Polshaning Gdansk shahrida o‘tkazilishi kerak edi.


Теги: Yevropa ligasi
60     
Добавить комментарий
Ваше имя: *
Ваш e-mail: *