Goal24.uz » Jahon » OFK miqyosidagi bir qancha musobaqalar boshqa muddatga ko‘chirildi

OFK miqyosidagi bir qancha musobaqalar boshqa muddatga ko‘chirildi

Автор: admin

Osiyo Futbol Konfederatsiyasi koronavirus pandemiyasi tufayli bir qancha yirik musobaqalar muddatini o‘zgartirdi.
Jumladan, futzal bo‘yicha Osiyo chempionati 4-15 noyabr kunlari Turkmanistonda bo‘lib o‘tadi.
Shuningdek, Bahraynda o‘tkaziladigan U16 Osiyo chempionati esa 25 noyabr – 12 dekabr kunlariga ko‘chirildi.
Bundan tashqari, Osiyo Chempionlar Ligasi G‘arb mintaqasidagi guruh bosqichi va pley-off bahslari bir mamlakat hududida sentyabr oyida o‘tkaziladi. Mezbon mamlakat nomi keyinroq e’lon qilinadi. Chorakfinallar 2-3 noyabr, yarimfinallar 24 noyabr, final 5 dekabrga rejalashtirilgan. 
O‘zbekiston mezbonlik qiladigan U19 Osiyo chempionati avval belgilanganidek 14-31 oktyabr kunlari o‘tkaziladi.
Futzal klublari o‘rtasidagi Osiyo chempionati 2-13 dekabr kunlari BAAda bo‘lib o‘tadi.
Qayd qilish joizki, musobaqalarning o‘tkazilishi sanasi epidemiologik vaziyatdan kelib chiqib o‘zgarishi mumkin.


127   
Добавить комментарий
Ваше имя: *