Goal24.uz » O'zbekiston » Rasman: O‘zbekiston mezbonlik qiladigan Osiyo chempionati-U19 qachon o‘tishi ma’lum bo‘ldi

Rasman: O‘zbekiston mezbonlik qiladigan Osiyo chempionati-U19 qachon o‘tishi ma’lum bo‘ldi

Автор: admin

Osiyo futbol konfederatsiyasi qit’a miqiyosidagi ba’zi musobaqalar qachon davom ettirilishini e’lon qildi. Unga ko‘ra O‘zbekiston mezbonlik qiladigan 19 yoshgacha futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo chempionati avval belgilangan muddatda o‘tishi ma’lum bo‘ldi.
Chempionat mezbonligi O‘zbekistonga berilganda o‘yinlar 14-31 oktyabr kunlari o‘tkazilishi belgilangandi. OFK e’lon qilgan xabarda Osiyo chempionati U19 musobaqasi aynan shu muddatda o‘tishi ko‘rsatilgan.
Hozircha yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati bahslari qaysi shaharlarda o‘tishi aniq emas va bu OFK nazoratchilarining tashrifidan so‘ng ma’lum bo‘ladi. Musobaqani o‘tkazish uchun Toshkent, Olmaliq va Namangan shaharlari tayyor ekani ma’lum qilingan. Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda o‘tadigan musobaqada yarim finalga chiqqan 4ta jamoa 2021 yil Indoneziya mezbonlik qiladigan yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatiga yo‘l oladi.

Final bosqichiga quyidagi jamoalar yo‘l olgan: O‘zbekiston, Saudiya Arabistoni, Janubiy Koreya, Qatar, Yaponiya, Tojikiston, Avstraliya, Indoneziya, Malayziya, Iroq, Vetnam, Kambodja, Eron, Yaman, Bahrayn, Laos.


172   
Добавить комментарий
Ваше имя: *