Goal24.uz » Yevropa jamoalari » XXI asrning eng yaxshi sportchilari e’lon qilindi: Messi va Ronaldu o‘nlikda

XXI asrning eng yaxshi sportchilari e’lon qilindi: Messi va Ronaldu o‘nlikda

Автор: admin

Ispaniyaning «Marca» nashri XXI asrning eng yaxshi sportchilaridan iborat reytingni e’lon qildi.
Unga ko‘ra, suzish bo‘yicha 23 karra Olimpiada chempioni Maykl Felps 1-o‘rinda qayd etilgan. Avstraliyalik suzuvchidan keyingi 2-pog‘onadan yengil atletika bo‘yicha ko‘p karra jahon va Olimpiada chempioni yamaykalik sprinter Useyn Bolt joy olgan. Uchinchi o‘rinni esa tennis bo‘yicha katta shlem tasnifidaga turnirlarning 20 karra g‘olibi shveysariyalik Rojer Federer egalladi. 
Reytingning o‘nligida «Barselona»ning argentinalik forvardi Lionel Messi 7-o‘rinda ko‘rsatilgan bo‘lsa «Yuventus»ning portugaliyalik hujumchisi Krishtianu Ronaldu 10-pog‘onadan o‘rin olgan.
XXI asrning eng yaxshi sportchilari o‘nligi («Marca» nashri talqini): 
1. Maykl Felps (suzish)
2. Useyn Bolt (yugurish)
3. Rodjer Federer (tennis)
4. Rafael Nadal (tennis)
5. Kobi Brayant (basketbol)
6. Tayger Vuds (golf)
7. Lionel Messi (futbol)
8. Lyuis Xemilton (avtopoyga)
9. Valentino Rossi (motopoyga)
10. Krishtianu Ronaldu (futbol).


153   
Добавить комментарий
Ваше имя: *