Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » Semeduga «Barselona» mashg‘ulotlarida ishtirok etish taqiqlandi

Semeduga «Barselona» mashg‘ulotlarida ishtirok etish taqiqlandi

Автор: admin

«Barselona» himoyachisi Nelson Semedu mashg‘ulotga kiritilmadi.
Goal xabariga ko‘ra, La Liga karantin qoidalarini buzgan futbolchiga jamoasi mashg‘ulotlarida ishtirok etishni taqiqladi.
Avvalroq portugaliyalik himoyachi 19 kishilik bazmda ishtirok etib, hukumat cheklovi va ijtimoiy masofa qoidalarini buzgan edi.
Endi Semedu koronavirus testini topshiradi va natijalari ma’lum bo‘lgunga qadar yakka tartibda shug‘ullanadi.
«Barselona» La Liga 28-turida 13 iyun kuni safarda «Malorka» bilan o‘ynaydi.


105   
Добавить комментарий
Ваше имя: *