Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » La Liga. Restartdagi ilk o‘yinda g‘alaba qozongan «Sevilya» «Real»ga yaqinlashib oldi

La Liga. Restartdagi ilk o‘yinda g‘alaba qozongan «Sevilya» «Real»ga yaqinlashib oldi

Автор: admin

Uzoq muddatli tanaffusdan so‘ng Ispaniya chempionati o‘yinlari davom ettirildi. Restartdagi ilk o‘yinda «Sevilya» hamshahari «Betis»ni 2:0 hisobida yengdi. 56-daqiqada Lukas Okampus penaltidan hisobni ochgan bo‘lsa, 62-daqiqada Fernando farqni ikkitaga oshirdi.
Shu tariqa ochkolari sonini 50taga yetkazib olgan «Sevilya» uchinchi o‘ringa mustahkam o‘rnashib, ikkinchi o‘rindagi «Real» bilan farqni 6 ochkogacha qisqartirdi. Turnir jadvalini 58 ochko to‘plagan «Barselona» boshqarib bormoqda. La Ligada 28-tur ertaga davom ettiriladi.
Ispaniya chempionati, 28-tur
Sevilya – Betis 2:0
Gollar: Okampos (56, penalti), Fernando (62).
Sevilya: Vatslik, Kunde, Regilon (Vaskes, 80), Diyego Karlos, Navas, Jordan, Fernando, Oliver Torres (Eskudero, 80), Okampos (Banega, 71), de Yong (En-Nesiri, 71), Munir (Suso, 74).
Betis: Robles, Emerson, Sidney (Feddal, 46), Bartra, Moreno (Pedrasa, 78), Rodriges, Kanales, Fekir, Alenya (Xoakin, 69), Telo (Laynes, 61), Iglesias (Moron, 69).


142   
Добавить комментарий
Ваше имя: *