Goal24.uz » Transfer » Transfer olamidagi yangiliklar

Transfer olamidagi yangiliklar

Автор: admin

Onana “trendda”!
Gollandiyaning “Ayaks” klubi darvozaboni Andre Onana yozda grand jamoalardan biri safiga borib qo‘shilishi mumkin.
Bu haqida “TalkSport” nashri ma’lum qilmoqda. Manbada yozilishicha, Londonning “Chelsi” klubi kipper uchun 27 million funt sterling to‘lashga tayyor. Shunga qaramay, endilikda PSJ ham darvozabon uchun kurashga qo‘shildi.
Eslatib o‘tamiz, Onana faoliyatida oldinga qadam tashlash vaqti kelganini rasman e’lon qildi va boshqa jamoaga o‘tishga tayyor.
Zuma “La Liga”da?!
Londonning “Chelsi” jamoasi himoyachisi Kurt Zuma yozda Ispaniyaga ko‘chib o‘tishi mumkin.
“DiarioSport” nashrining ma’lum qilishicha, himoyachining hizmatlari bilan “Valensiya” klubi jiddiy qiziqib qolgan va transfer uchun 17 million yevro ajratishni reja qilmoqda.
Manbaning ma’lum qilishicha, London klubi himoyachini 20 million yevrodan kamiga qo‘yib yubormoqchi emas.
Shuningdek “Everton” va “Tottenhem” jamoalari ham Zuma bilan shartnoma imzolash istagida.
“Barsa” futbolchisidan kutilmagan qaror
Kataloniyaning “Barselona” klubiga tegishli bo‘lgan Karlos Alenya APL jamoasidan tushgan takifni rad etdi.
Ayni damda “Betis” sharafini himoya qilayotgan futbolchi bilan bir nechta APL klublari jiddiy qiziqib qolganiga qaramay, Alenya “tumanli albion”ga ko‘chib o‘tishni istamadi.
“Soccer” nashrining ma’lum qilishicha, 22 yoshli futbolchi Ispaniyada qolish orqali 2021-yilda “Barselona”ning asosiy tarkibiga kirishni rejalashtirmoqda.
Upamekano 60 million?!
Londonning “Arsenal” jamoasi yozda “RB Leypsig” jamaosi himoyachisi Dayot Upamekano bilan shartnoma imzolashi mumkin.
"Bild" nashrining ma’lum qilishicha, “kononirlar” iqtidorli futbolchi uchun 60 milliondan voz kechishga tayyor. Hozircha, nemis klubi rasman bu taklifga javob berganicha yo‘q.
Eslatib o‘tamiz, Dayot bilan shuningdek “Real Madrid”, “Bavariya” va “Milan” jamoalari ham shartnoma imzolash istagida.
“Tulkilar”ga qariya kerak!
Angliyaning “Lester” jamoasi qanot himoyasini kuchaytirish maqsadida “Soutgempton” futbolchisi Rayan Bertran bilan shartnoma imzolashni reja qilmoqda.
“The Times”ning ma’lum qilishcha, klub yozda jamoani tark etishi kutilayotgan Ben Chiluelning o‘rnini 30 yoshli futbolchi bilan to‘ldirmoqchi.
Faoliyatining katta qismini ijarada o‘tkazgan futbolchining o‘zi “Lester” sharafini himoya qilishga qarshi emas, biroq “tulkilar” Benning o‘rnini bosishga qodir boshqa variantlarni ham ko‘rib chiqmoqda.

190   
Добавить комментарий
Ваше имя: *