Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Rossiya » Tezkor xabar! “Zenit” Shomurodovga xaridor!

Tezkor xabar! “Zenit” Shomurodovga xaridor!

Автор: admin

Rossiya chempionati peshqadami - “Zenit” klubi boshqa jamoaga o‘tib ketish harakatida yurgan eronlik hujumchi Sardor Azmun o‘rniga yozgi transferlar vaqtida “Rostov”ning o‘zbekistonlik to‘purari Eldor Shomurodovni olmoqchi.
Bir vaqtlar “Rostov”da o‘ynagan Sardor Azmun esa omadini Italiya klublaridan sinab ko‘rmoqchi.

Bu haqda xabar tarqatgan championat-rostov.ru  sayti Sankt-Peterburg jamoasining goleador hujumchiga ehtiyoji borligini va ular bu pozitsiyasiga aynan Eldor Shomurodovni ko‘zlayotganini yozmoqda. Xabarda “Zenit” mutasaddilari Shomurodovning agenti bilan muzokaraga kirishgani va transfer summasi 10-15 million evroga baholanayotgani bildirilgan.  
Avvalroq, Eldor Shomurodovga Rossiya premer-ligasining boshqa jamoalaridan ham taklif bo‘lgani, lekin o‘zbek to‘purari Evropaning kuchli chempionatlariga o‘tish istagida ekani xabar qilingan edi. Shomurodovga Germaniya klublaridan chorlov bo‘layotgani ham haqiqatga yaqin.

Eldor Shomurodovning o‘zi ayni paytda qayta tiklanayotgan premer-liga o‘yinlariga puxta tayyorgarlik ko‘rmoqda. Futbolchi bor e’tiborini “Rostov” bilan muvaffaqiyatga erishib, Evropa Chempionlar ligasiga yo‘llanma olishga qaratmoqda va chempionat to‘purarlari bahsida g‘olib chiqishni ham niyat qilgan.
Shu o‘rinda, evropalik agentlar O‘zbekiston terma jamoasining asosiy hujumchisi faoliyatini kuzatib borayotgani ham ma’lum. Yaqinda Rossiya futboli bilan yaxshi tanish bo‘lgan xorvatiyalik agent Tomislav Duymovich Eldor Shomurodovni premer-liganing eng kuchli uch nafar futbolchisidan biri ekanini e’tirof etgandi. Bu mutaxassis ko‘pchilik qatori o‘zini ham Eldor Shomurodovning Evropaning etakchi klublariga qarshi qanday o‘yin namoyish etishi  qiziqtirayotganini bildirgan.
O‘z navbatida, “Rostov” klubi ham yozgi transferlar chog‘ida tarkibini yangi futbolchilar bilan kuchaytirishga harakat qilmoqda. Xususan, rostovliklar Rossiya chempionatining erkin agentga aylangan to‘purarlaridan Jorj Despotovich, “Bolonya” yarim himoyachisi Godfred Donsa, Qozog‘iston terma jamoasi futbolchisi Roman Murtazaev, “Tokio” klubi va Yaponiya terma jamoasi yarim himoyachisi Kento Xasimoto kabi futbolchilarni taklif qilmoqda.
193   
Добавить комментарий
Ваше имя: *