Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » Van Deyk «Liverpul» tarixidagi eng ko‘p maosh olgan futbolchiga aylanadi

Van Deyk «Liverpul» tarixidagi eng ko‘p maosh olgan futbolchiga aylanadi

Автор: admin

«Liverpul» yaqin orada himoyachi Virjil van Deyk bilan shartnomani uzaytiradi, deb yozadi The Sun.
Yangi bitimga ko‘ra, 28 yoshli niderlandiyalik haftasiga 245 ming funt (hozirgi oyligi 200 ming), yiliga esa 12,5 mln yevro oladi va klub tarixidagi eng ko‘p maoshli futbolchiga aylanadi. Hozircha bu rekord haftasiga 222 ming funt olayotgan Muhammad Salohga tegishli. 
Ta’kidlanishicha, himoyachi «Liverpul»da qolish uchun «PSJ» taklifini rad etgan.
Ma’lumot o‘rnida, van Deyk «Liverpul»ga 2018 yil yanvarida kelgan va shu vaqtgacha 113ta o‘yin o‘tkazib, o‘z hisobiga 11ta gol va 6ta assist yozdirib qo‘ygan.


113   
Добавить комментарий
Ваше имя: *