Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » “Man Siti” yulduzi endi Osiyoda porlaydi

“Man Siti” yulduzi endi Osiyoda porlaydi

Автор: admin

“Manchester Siti”dagi faoliyatini yakunlayotgan ispan futbolchisi David Silva endi Osiyo maydonlarida to‘p surishi mumkin.
Qatarning “Ad-Duxayl” klubi 34 yoshli futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishga yaqin turibdi.
David Silva “Manchester Siti” tarkibida o‘n yil davomida 424 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Mohir futbolchi bu vaqt mobaynida raqiblar darvozasiga 74 ta gol urdi va jamoadoshlariga 137 ta golli pas uzatdi.
Keyingi oy shartnomasi tugaydigan yarim himoyachiga “Valensiya”, “Betis” va “Milan”dan ham taklif bo‘lmoqda. Biroq, qatarliklar odatga ko‘ra, futbolchiga ancha ko‘p maosh beradi.
138   
Добавить комментарий
Ваше имя: *