Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » Rivaldo Setyenning so‘zlari haqida: «Real» va «Barselona» o‘yinni 45 daqiqada yutishi mumkin»

Rivaldo Setyenning so‘zlari haqida: «Real» va «Barselona» o‘yinni 45 daqiqada yutishi mumkin»

Автор: admin

«Barselona» va Braziliya terma jamoasi sobiq futbolchisi Rivaldo "ko‘k-anorranglilar" bosh murabbiyi Kike Setyenning 5ta o‘yinchi almashtirish haqida fikriga e’tiroz bildirdi. Avvalroq Setyen o‘yin davomida 5tagacha o‘yinchi almashtirishga ruxsat berish haqidagi qaror kataloniyaliklarning zarariga ishlashi mumkinligi haqida gapirgandi.

«Bu «Barselona»ga yarashmaydigan bahona. Setyen aytgan fikr — ma’nosiz. Bu masalada nima uchun bahona qidirayotganini tushunmadim.

«Real» va «Barselona» kabi jamoalar raqiblarga nisbatan ancha kuchli va ular hattoki 45 daqiqada ham o‘yin taqdirini hal qilib qo‘yishlari mumkin. Ularning safida iqtidorli futbolchilar juda ko‘p», — dedi Rivaldo "Mundo Deportivo" nashriga bergan intervyusida.
Manba: sport24.ru

110   
Добавить комментарий
Ваше имя: *