Goal24.uz » O'zbekiston » Igor Golban O‘zbekiston fuqaroligini oldi. Endi u mamlakat bosh jamoasida o‘ynashi mumkin

Igor Golban O‘zbekiston fuqaroligini oldi. Endi u mamlakat bosh jamoasida o‘ynashi mumkin

Автор: admin

“Navbahor” klubining rossiyalik legioneri Igor Golban O‘zbekiston fuqaroligini oldi.
11-iyun kuni “Navbahar” qarorgohida Namangan viloyati hokimi Xayrullo Bozorov ishtirokida yig‘ilish o‘tkazilgan. Unda viloyat rahbari futbolchini fuqarolik olgani bilan tabriklagan.
Futboldagi dastlabki qadamlarini “Sochi-04” klubida tashlagan futbolchi keyinchalik Moskvaning “Lokomotiv” yoshlar jamoasida harakat qildi. O‘zbekistondagi dastlabki mavsumini 2015-yili “Qo‘qon-1912”da boshlagan himoyachi 2016-yilda “Navbahor”ga o‘tdi. Igor 2016-yil iyul oyida Qarshining “Nasaf”iga o‘tadi va 2018-yilga qadar u yerda harakat qilib, shundan so‘ng yana namanganliklar safiga qaytib keladi.
Golban Rossiya U-19 va U-21 terma jamoalarida o‘yin o‘tkazgan. Biroq futbolchi asosiy terma jamoada to‘p surmagan va bu unga O‘zbekiston terma jamoasi libosida maydonga tushish imkoniyatini yaratadi.
Avvalroq Vadim Abramov futbolchining O‘zbekiston fuqaroligini olishini xohlayotgani va u terma jamoaga yordam berishi mumkinligi haqida gapirgandi.
171   
Добавить комментарий
Ваше имя: *