Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » Shomurodovning raqobatchisini Mourino qishda "Tottenxem"ga olib ketmoqchi edi. Ammo...

Shomurodovning raqobatchisini Mourino qishda "Tottenxem"ga olib ketmoqchi edi. Ammo...

Автор: admin

"Zenit" klubi hujumchisi Artyom Dzyuba yanvarda chindan ham "Tottenxem"ga ko‘chib o‘tishi mumkin edi. Bu haqda “Lokomotiv”ning sobiq bosh direktori Ilya Gerkus gapirib berdi.
“Bu yolg‘on emasligini men bilardim. Men bu ish bilan shug‘ullangan odam, ya’ni uni agentini taniyman. Mourino Dzyubani o‘z jamoasida ko‘rishni xohlaganini ham bilaman. Mourino Dzyubaning qanaqaligini yaxshi biladi. U jahon chempionati paytida “Russia Today”da sharhlovchilik qildi va Rossiya terma jamoasi ishtirokidagi o‘yinlarini ham sharhladi. U Rossiya terma jamoasi tarkibini juda yaxshi biladi deb o‘ylayman.
Mourinoga nega aynan Dzyuba kerak? Gol urish va g‘alaba qozonish uchun. Nega transfer amalga oshmadi? Chunki, u “Zenit”ga kerak edi. “Zenit” sovrinlar yutmoqchi. Qanday qilib Dzyubasiz buni amalga oshirish mumkin? Hech qanaqasiga. Bunday futbolchi o‘zimizga ham kerak”, - deydi Gerkus.
Dzyuba joriy mavsum Rossiya premer-ligasida 13 ta gol urgan holda to‘purarlik poygasida peshqadam bo‘lib turibdi. 11 ta gol urgan “Rostov”dagi hamyurtimiz Eldor Shomurodov esa 2-o‘rinda bormoqda.


110   
Добавить комментарий
Ваше имя: *