Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » Eto’O: “Mourinyo janjalkash emas. U futboldagi eng yaxshilardan biri”

Eto’O: “Mourinyo janjalkash emas. U futboldagi eng yaxshilardan biri”

Автор: admin

Milanning “Inter” klubi sobiq hujumchisi Samyuel Eto’O “Tottenhem” bosh murabbiyi Joze Mourinyo haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
“Mourinyo – birinchi navbatda yaxshi do‘st. U – judyam samimiy inson, agar unga nimadir yoqsa, darhol buni sizga aytadi. Ikkimizning xarakterlarimiz o‘xshash edi, shu bois bir-birimizni yaxshi tushunardik.
Mourinyo — men futbolda uchratgan yaxshilardan biri. Ko‘pchilik uni janjalkash deb ataydi, lekin bu yolg‘on.
Joze – top darajadagi murabbiy. Uning faqat natija haqida o‘ylashi boshqa mavzu. U futbolni boshqacha ko‘radi va aynan shu jihati bilan birinchi raqamlidir. Mourinyoning o‘yinida uni yengib bo‘lmaydi.
Mourinyo – g‘olib va tug‘ma yetakchi. U sizga kerakli so‘zlarni ayta oladi. U ajoyib inson”, — deydi Eto’O.
Ma’lumot uchun, Eto’O va portugaliyalik mutaxassis bilan “Inter”da 2009—2010-yillarda birga ishlagan. O‘sha mavsumda “Inter” treblni amalga oshirib, Italiya chempionati, Kubogi va Yevropa Chempionlar Ligasida g‘olib bo‘lgandi.
107   
Добавить комментарий
Ваше имя: *