Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » Kike Setyen: «Intriga oxirgi turga qadar saqlanib qolishi mumkin»

Kike Setyen: «Intriga oxirgi turga qadar saqlanib qolishi mumkin»

Автор: admin

«Barselona» bosh murabbiyi Kike Setyen La liganing 28-turi doirasida «Malyorka»ga qarshi bo‘lib o‘tadigan o‘yin borasida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

«Messining ahvoli joyida, u o‘zini yaxshi his qilmoqda. Uning ertaga maydonga tushishiga xalal beradigan hech qanday muammoni ko‘rmayapman.

«Real» tomonidan tushadigan bosim borasida to‘xtaladigan bo‘lsam, buni turlar davomida ko‘ramiz. Biz «Malyorka» ustidan g‘alaba qozonish haqida o‘ylashimiz kerak.

«Real» ham g‘alaba qozonsa, intriga oxirgi turgacha saqlanib qolishi mumkin.

Men raqibga nisbatan erta o‘ynashni afzal ko‘raman. Agar jamoang g‘alaba qozonsa, uy vazifasi bajarilgan bo‘ladi. Agar mag‘lub bo‘lsa, u holda raqibning mag‘lub bo‘lishini kutishga to‘g‘ri keladi. To‘g‘risini aytsam, men raqiblar haqida ko‘p ham o‘ylamayman», – dedi Setyen.
Manba: sports.ru

102   
Добавить комментарий
Ваше имя: *