Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » Kroos Mbappe va Sanchoning «Real»ga o‘tishi haqidagi gaplarga munosabat bildirdi

Kroos Mbappe va Sanchoning «Real»ga o‘tishi haqidagi gaplarga munosabat bildirdi

Автор: admin

«Real» klubi yarimhimoyachisi Toni Kroos Madrid jamoasining yozgi transfer oynasida «PSJ» hujumchisi Kilian Mbappe va «Borussiya» vingeri Jeydon Sanchoning «qirollik klubi»ga o‘tishi haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi.
«Ochig‘i, «Real»ning qaysi futbolchilarni ko‘zlayotgani va moliyaviy imkoniyati jihatdan kimlarni transfer qila olishidan xabarim yo‘q. Ammo Mbappe ham, Sancho ham hozirda yosh va kuchga to‘layotgan davrda ekanligi uchun barcha grand klublar e’tiborida bo‘lishi tabiiy holat. Madridda 6 yildan buyon faoliyat olib borayotgan bo‘lsam, bu davr ichida transfer mish-mishlari haqida juda ko‘p eshitardim, bu borada klubda gap bo‘lardi. Ammo yakunda ulardan 80 foizi mish-mishligicha qolar, 20 foizi amalga oshardi. Shunday ekan, transfer xabarlarining qay daraja jiddiyligiga ko‘proq e’tibor qaratish kerak», - deya Toni Kroosning so‘zlarini keltirmoqda Goal.
Ma’lumot uchun, «Real» La Liga turnir jadvalida 56 ochko jamg‘argan holda chempionatda 2-o‘rinda bormoqda. Zidan shogirdlari 14 iyun kuni 28-tur doirasida Madridda «Eybar» klubini qabul qilishadi.


130   
Добавить комментарий
Ваше имя: *