Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Italiya » Italiyada ham futbol qaytdi. «Yuventus» «Milan»ni yutmay kubok finaliga chiqdi

Italiyada ham futbol qaytdi. «Yuventus» «Milan»ni yutmay kubok finaliga chiqdi

Автор: admin

Italiyada katta tanaffusdan so‘ng yana futbol o‘yinlariga ruxsat berildi. Italiya Kubogi yarim finalining javob o‘yinida «Milan»ni qabul qilgan «Yuventus» 0:0 hisobida durang o‘ynadi. Birinchi o‘yinda 1:1 o‘ynagan turinliklar mehmonda urilgan gol evaziga finalga chiqishdi.
«Yuventus» futbolchisi Krishtianu Ronaldu 15-daqiqada penaltidan foydalana olmadi. «Milan» hujumchisi Ante Rebich esa qo‘pol harakati uchun 16-daqiqada maydondan chetlatildi. Kubokning ikkinchi finalchisi ertaga Neapolda o‘tkaziladigan «Napoli» hamda «Inter» jamoalari o‘rtasidagi javob bahsida aniq bo‘ladi. Birinchi o‘yinda Gattuzo jamoasi 1:0 hisobida g‘alaba qozongan.
Italiya Kubogi
Yarim finala (javob o‘yini)
Yuventus – Milan 0:0
Yuventus: Buffon, Danilo (Kuadrado, 86), de Ligt, Aleks Sandro, Bonuchchi, Matyuidi (Rabo, 62), Pyanich (Xedira, 62), Bentankur, Duglas Kosta (Bernardeski, 63), Ronaldu, Dibala.
Milan: Donnarumma, Konti (Salemakers, 88), Kalabriya (Laksalt, 88), Romanoli, Ker, Bennaser, Chalxanoglu, Lukas Paketa (Kolombo, 82), Bonaventura (Rafael Leau, 52), Kessie (Krunich, 82), Rebich.
Chetlashtirish: Rebich (16).
Birinchi o‘yin: 1:1


119   
Добавить комментарий
Ваше имя: *