Goal24.uz » Transfer » Transfer olamidagi yangiliklar

Transfer olamidagi yangiliklar

Автор: admin

“Reyms” APLdan taklif oldi

Fransiyaning “Reyms” klubi himoyachisi Aksel Disasi faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkin.
“L’equipe” nashrining ma’lum qilishicha, “Vulverhempton” 22 yoshli himoyachini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Manbada yozilishicha, “bo‘rilar” Aksel uchun 15 million yevro taklif qiladi.
Eslatib o‘tamiz, Disasini transfermarket portali 7,1 million funt sterlingga baholagan.
“Gent” futbolchisi nishonda
 
Belgiyaning “Gent” klubining kanadalik futbolchisi Jonatan Devid yozda APL grandlaridan biri safiga o‘tadigan ko‘rinadi.
HLH nashrining ma’lum qilishicha, 20 yoshli hujumchi uchun “Arsenal” va “Manchester Yunayted” jamoalari jiddiy kurash olib borishmoqda. Manbada yozilishicha, One-Gunnar Sulsher allaqachon futbolchi bilan transfer borasida gaplashib olishga ulgurgan.
Eslatib o‘tamiz, Jonatan Devid Belgiya chempionatida 60 ta o‘yinda maydonga tushgan va 30 ta gol+11 ta assisni qayd etgan.
“Yuve” “Chelsi” bilan kelishmoqchi
 
Turinning “Yuventus” jamoasi “Chelsi” yarim himoyachisi Emersonni ijaraga olishni reja qilmoqda.
“Tuttosport”ning ma’lum qilishicha, “zebra”lar Kuadradoni avvalroq Kuadradoni ijaraga olib so‘ng sotib olgani kabi Emersonni ham sinovdan o‘tkazgach sotib olish niyatida.
Eslatib o‘tamiz, Emerson bu mavsumda APLning 14 ta o‘yinida maydonga tushdi, biroq birorta foydali harakatni amalga oshirgani yo‘q.
Vidal qoladimi?
 
Kataloniyaning “Barselona” jamoasi yarim himoyachisi Arturo Vidal kelajagi borasida yakuniy qarorga keldi.
“MundoDeportivo”ning ma’lum qilishicha, chililik futbolchi mavsumlar oralig‘ida “Barselona”da qolish istagida. Shu sababli Italiya klublaridan kelib tushayotgan takliflarni rad etmoqchi.
Eslatib o‘tamiz, Arturo ushbu mavsumda “Barselona” safida “La Liga”ning 22 ta o‘yinida ishtirok etdi va 6 ta golga mualliflik qildi.
Vertongen Italiya yo‘l oladi
 
«Angliyaning “Tottenhem” jamoasi markaziy himoyachisi Yan Vertongen yozda katta ehtimol bilan Italiya klublarining biri bilan shartnoma imzolashi mumkin.»- deb xabar bermoqda “Tuttosport” nashri
33 yoshli futbolchining hizmatlasri bilan “Napoli”, “Milan”, “Inter” va “Fiorentina” jamoalari jiddiy qiziqib qolgan.
Belgiyalik futbolchi yozda erkin agentga sifatida o‘zi istagan klubdan biriga o‘tishi mumkin. “Shporlar” esa, uning o‘rnini to‘ldirishga qodir yosh futbolchilarni izlashni boshlab yubordi.

171   
Добавить комментарий
Ваше имя: *