Goal24.uz » Jahon » Politsiya otib tashlagan 16 yoshli futbolchi o‘limidan keyin “gol urdi” (foto)

Politsiya otib tashlagan 16 yoshli futbolchi o‘limidan keyin “gol urdi” (foto)

Автор: admin

Meksikada ko‘z ko‘rib, quloq eshitmagan voqea bo‘ldi. Yaqinda politsiya tomonidan otib o‘ldirilgan 16 yoshli futbolchi Aleksandr Martines bilan xayrlashish marosimida uning jamoadosh do‘stlari marhumga so‘nggi “golini urishni” tashkillashtirib berdi.
Mashhur Reuters agentligining guvohlik berishicha, Martinesning do‘stlari uning yog‘och tobutini futbol maydoniga olib kelib, to‘pni tobut orqali darvoza to‘riga joylashgan. Shu tariqa, marhum futbolchi so‘ngi “golini urdi”.
Martines Oaxaka shahri ko‘chalaridan birida politsiya o‘qidan halok bo‘ldi. Politsiyachi uni jinoyatchi bilan adashtiri yuborgan. Bu voqea mamlakatda juda katta noroziliklar keltirib chiqardi.
Aleksandr Martines “Monterrey” tizimidagi jamoalardan birida o‘ynardi. U ham Meksika, ham AQSh fuqarosi edi. Shu bois AQSh elchixonasi qotillik bo‘yicha jinoyat ishining qay tarzda kechishini oxirigacha kuzatib borishini e’lon qildi.
134   
Добавить комментарий
Ваше имя: *