Goal24.uz » O'zbekiston » “Bunyodkor” Toshkentda “Qo‘qon-1912”ni qabul qiladi, OKMK esa Navoiyda mehmon bo‘ladi. Superliga 90 kunlik tanaffusdan so‘ng yana qaytmoqda

“Bunyodkor” Toshkentda “Qo‘qon-1912”ni qabul qiladi, OKMK esa Navoiyda mehmon bo‘ladi. Superliga 90 kunlik tanaffusdan so‘ng yana qaytmoqda

Автор: admin

13-iyun, shanba kunidan Superliganing navbatdagi turi start oladi. Maxsus komissiya tomonidan 5-iyundan mamlakatning “yashil” toifali hududlarida Superliga va boshqa futbol musobaqalarini o‘tkazishga ruxsat berildi. Biroq PFL uzoq vaqt mashg‘ulotlar o‘tkazmagan klublarga mavsum restartiga tayyorgarlik ko‘rish uchun vaqt berdi.
13-iyun kunidan ikkita uchrashuv o‘rin olgan. Tur bahslarini “Bunyodkor” va “Qo‘qon-1912” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv ochib beradi. Har ikki jamoa ham mavsumni yomon boshlamadi: uch o‘yinda ikkita g‘alaba.
Yana bir uchrashuvga Navoiy shahri mezbonlik qiladi. Unda “Qizilqum” o‘zida OKMKni qabul qiladi. Mavsumni juda omadsiz boshlagan “Qizilqum” yangi murabbiy qo‘l ostida maydonga tushadi. Tachmurod Agamurodov ushbu oy boshida jamoani qabul qilib olgandi. Mirjalol Qosimov shogirdlari esa joriy mavsumda mag‘lubiyatga uchramagan uch jamoadan biri bo‘lib turibdi.
14-iyun, yakshanba kunida ham ikkita uchrashuv bo‘lib o‘tadi. Musobaqa peshqadami — “Paxtakor” safarda “So‘g‘diyona” bilan bahs yuritadi. Turning markaziy uchrashuvi esa Qarshida bo‘lib o‘tadi. Unda “Nasaf” Namanganning “Navbahor” jamoasini imtihondan o‘tkazadi.
15-iyun, dushanba kuni turning qolgan uchta o‘yini o‘tkaziladi. “Surxon” o‘zida “Mash’al”ni qabul qiladi. Joriy mavsum birorta ham ochko to‘play olmagan yagona jamoa — “Buxoro” esa “Andijon”ni mehmon qiladi. Andijonliklar ham tanaffus vaqtida o‘zgarishlarga qo‘l urdi, jamoaga Viktor Kumikov bosh murabbiy etib tayinlandi.
Turni yakunlab beruvchi bahs “Lokomotiv” va “Metallurg” o‘rtasida kechadi. Mazkur o‘yin avvaliga Bekobodda o‘tishi belgilangandi, biroq shaharning “qizil” hududga kirgani bois o‘yin Toshkentga ko‘chirilgan.
Barcha uchrashuvlar jonli efirga uzatiladi.
Superliga
4-tur bahslari
13-iyun, shanba
19:00. “Bunyodkor” — “Qo‘qon-1912”| “Sport TV”
20:00. “Qizilqum” — OKMK | “Mahalla”
14-iyun, yakshanba
18:00. “So‘g‘diyona” — “Paxtakor” | “Sport TV”
20:00. “Nasaf” — “Navbahor” | “Sport TV”
15-iyun, dushanba
18:00. “Surxon” — “Mash’al” | “Dunyo bo‘ylab”
18:30. “Buxoro” — “Andijon” | “Sport TV”
19:00. “Lokomotiv” — “Metallurg” | “Mahalla”.

110   
Добавить комментарий
Ваше имя: *