Goal24.uz » O'zbekiston » Diyor Imomxo'jaev: "4-turni o'tkazib olishimiz hamonoq 2021 yilgi mavsum rejalariga kirishamiz"

Diyor Imomxo'jaev: "4-turni o'tkazib olishimiz hamonoq 2021 yilgi mavsum rejalariga kirishamiz"

Автор: admin

3 oy deganda futbolni boshlash arafasida turibmiz. Bu yo'lda katta ish qilindi, umid qilamanki, dunyoning hech bir nuqtasida futbol qaytib bunday tanaffus olmaydi.

Nasib bo'lsa, dekabrning ikkinchi dekadasida 2020 yilgi mavsumni yakunlab olamiz. Ungacha qator muammolarni hal qilishga, tom manoda professional bo'lib ishlashga intilamiz. Bu yo'lda tanqidlar, tushunmovchiliklar bo'lishi tabiiy bir hol. Biz ularga bosiqlik va aniqlik bilan javob qaytarishga harakat qilamiz. 4-turni o'tkazib olishimiz hamonoq 2021 yilgi mavsum rejalariga kirishamiz, kelasi yilgi chempionat eng yaxshisi bo'lishi ustida ishlaymiz.

Futbol muxlislarimizni qaytayotgan futbol kuni bilan jamoamiz nomidan tabriklayman. Biz ularni bugun stadionlarga taklif eta olmayapmiz, evaziga ularda barcha uchrashuvlarni jonli tomosha qilish imkoniyati bor. Ishonamanki, tez orada stadionlarimiz ular uchun qayta ochiladi. Bugun hamma tushunib ulgurdiki, muxlislarsiz futbol go'shtsiz kabobga, guruchsiz oshga o'xshaydi", - deb yozadi Diyor Imomxo'jaev telegramdagi o'z kanalida. 
117   
Добавить комментарий
Ваше имя: *