Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Italiya » «Milan» Kalulu transferini kelishib oldi

«Milan» Kalulu transferini kelishib oldi

Автор: admin

«Milan» klubi «Lion» himoyachisi Per Kalulu transferi bo‘yicha kelishuvga erishdi.
L'Equipe xabariga ko‘ra, 20 yoshli futbolchi milanliklar texnik direktori Paolo Maldini bilan suhbatlashib, taklifni qabul qilgan.
Fransiyalik futbolchining xizmatiga «Bavariya» ham qiziqish bildirgan edi. Ammo u faoliyatini «Milan»da davom ettirishni istadi.
Kalulu hozircha «Lion»ning asosiy tarkibida debyut qilmagan. Uning «to‘quvchilar» bilan imzolagan shartnomasi muddati nihoyasiga yetmoqda. Shu sababli futbolchi erkin agent maqomida italiyaliklar tarkibiga bepul o‘tadi. Ammo «rossoneri» yosh futbolchini tarbiyalagan «Lion»ga 488 ming yevro kompensatsiya to‘laydi.  
«Milan» Kalulu bilan 2025 yilgacha mo‘ljallangan shartnoma imzolaydi. Uning maoshi yiliga 500 ming yevroni tashkil qiladi.


114   
Добавить комментарий
Ваше имя: *