Goal24.uz » O'zbekiston » Ilhom Sharipov «Dinamo»dan iste’foga chiqdi, klubga yangi rahbar tayinlandi

Ilhom Sharipov «Dinamo»dan iste’foga chiqdi, klubga yangi rahbar tayinlandi

Автор: admin

13 iyun kuni «Dinamo» jamoasi qarorgohida klub rahbariyati ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi, deya xabar bermoqda klub matbuot xizmati.
«Unda Samarqand shahar hokimi, «Dinamo» PFK prezidenti Boburmirzo Obloqulov, Samarqand viloyat hokimi o‘rinbosari Rustam Qobilov, viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi boshlig‘i Shuhrat Ro‘ziyev ishtirok etishdi. Yig‘ilishda tashkiliy masala ko‘rildi.
«Dinamo» klubi bosh menejeri lavozimida ishlab kelgan Ilhom Sharipov o‘z arizasiga binoan jamoa rahbarligini tark etdi. Viloyat va klub rahbariyati tomonidan Uchqun Qobilov «Dinamo» PFK jamoasi boshlig‘i sifatida tanishtirildi.

«Dinamo» PFK jamoasi klubdagi faoliyati uchun Ilhom Sharipovga minnatdorchilik bildirib, uning keyingi faoliyatiga omad va zafarlar tilab qoladi», - deyiladi klub rasmiy xabarida.
Qayd etilishicha, klub va viloyat rahbariyati «Dinamo» jamoasi bosh murabbiyligi uchun nomzod murabbiylar bilan muzokara olib bormoqda. Bu borada bir qarorga kelinsa, klub tomonidan e’lon qilinadi.
Eslatib o‘tamiz, yaqinda klub bosh murabbiyi Tachmurod Agamurodov va yordamchi murabbiy Rafael Balasanyan ham jamoani tark etishgandi.
Ma’lumot uchun, Ilhom Sharipov 2016-2020 yillar davomida klub bosh menejeri sifatida faoliyat olib bordi.


159   
Добавить комментарий
Ваше имя: *