Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Fransiya » PSJ 5 nafar futbolchisi bilan xayrlashadi, Neymar bormi?

PSJ 5 nafar futbolchisi bilan xayrlashadi, Neymar bormi?

Автор: admin

PSJ sport direktori Leonardo 5 nafar futbolchining jamoadan ketishini ma’lum qildi.
Uning aytishicha, iyun oyida shartnomasi tugaydigan Tiago Silva, Edinson Kavani, Layvin Kurzava, Tomas Menye va Erik Maksim Shupo-Motinglar klub bilan xayrlashadi.
Ammo Parij klubi bu futbolchilarni Chempionlar Ligasida o‘ynatish uchun avgust oxirigacha olib qolmoqchi. Biroq buni huquqiy jihatdan imkoni bormi yoki yo‘q, klub hozircha bilmaydi.
Silva 2012 yildan beri "PSJ"da o‘ynaydi va ayni damda sardor. Kavani jamoa tarixidagi eng yaxshi to‘purar hisoblanadi, u 300 ta o‘yinda 200 ta gol urgan.
Kurzava PSJga 2015, Menye 2016, Shupo-Moting esa 2018 yilda kelib qo‘shilgan.
Manba: soccernews.ru

132   
Добавить комментарий
Ваше имя: *