Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » La liga. «Barselona» restartni yirik hisobdagi g‘alaba bilan boshladi

La liga. «Barselona» restartni yirik hisobdagi g‘alaba bilan boshladi

Автор: admin

Ispaniya chempionatining 28-turi doirasida «Barselona» safarda «Malyorka» klubi mehmoni bo‘lib, yirik hisobda g‘alaba qozondi.

"Barselona" 2-daqiqadayoq gol urib olgani ancha qo‘l keldi. Qanotdan Alba yetkazgan to‘pni Arturo Vidal bosh bilan darvozaga joylab qo‘ydi.

Kataloniyaliklarning 2-goli bahsning 37-daqiqasiga to‘g‘ri keldi. Chap qanotdan uyushtirilgan kombinasiyalar natijasida Messi bosh bilan to‘pni Breytueytga o‘tkazdi. Martin esa yaqin masofadan kuchli zarba bilan darvozani ishg‘ol qildi.

O‘yin tugashiga 11 daqiqa qolganida esa Messi tomonidan berilgan uzatmadan keyin Alba yakkama-yakka vaziyatga chiqib ketdi va hisobni yirik ko‘rinishga keltirib qo‘ydi.

Ikkinchi bo‘limga qo‘shib berilgan daqiqalarda esa Lionelning o‘zi ham gol muallifiga aylandi. Argentinalik futbolchi jarima maydoniga kirdi, himoyachilarni chalg‘itdi va o‘ng oyoqda darvozani zabt etdi.

Shu tariqa, "Barselona" La ligada peshqadamlik qilishda davom etadigan bo‘ldi.

Ispaniya La ligasi, 28-tur
MALYORKA – BARSELONA - 0:4 (0:2)
Gollar: 0:1 – 2 Vidal, 0:2 – 37 Breytueyt, 0:3 – 79 Alba, 0:4 – 90+3 Messi.
Malyorka – Reyna, Sastre (Games, 46), Valyent, Railyo, Kubo, Poso, Dani Rodriges, Sevilya (Salibur, 84), Pedrasa (Baba, 57), Budimir (Prats, 85), Ernandes (Lago Junior, 46).
Barselona – ter Stegen, Arauxo, Pike, Serdji Roberto (Semedu, 71), Alba, Buskets (Artur, 71), de Yong (Firpo, 84), Vidal (Rakitich, 46), Breytueyt, Messi, Grizmann (Suares, 57).
Ogohlantirishlar: Vidal (42), Alba (73), Dani Rodriges (86).

126   
Добавить комментарий
Ваше имя: *